
- 7
- 06.10.2023 07:22:00
- 1 daq o'qish
Suriya g‘arbidagi Xoms shahrida joylashgan harbiy kollejga 5-oktyabr kuni dronlar hujum qildi. Oqibatda kamida 80 kishi halok bo‘ldi, 240 kishi jarohatlandi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Hasan al-Gabbashga tayanib, Suriyaning Sana davlat agentligi xabar berdi
Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi (SOHR) ma’lum qilishicha, qurbonlar orasida tinch aholi, jumladan ayollar va bolalar ham bor. Suriya sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari olti ayol va olti bola halok bo‘lganiga aniqlik kiritdi. Reuters manbasiga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘lgan.
Hujum harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlari ishtirok etgan bitiruv marosimi vaqtida sodir bo‘lgan. Reuters agentligining yozishicha, marosimda Suriya mudofaa vaziri Ali Mahmud Abbos ham qatnashgan. Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, u dron hujumidan bir necha daqiqa oldin tadbirni tark etgandi.
Manba: Daryo.uz