
- 0
- 12.06.2025 13:00:00
- 1 daq o'qish
Endilikda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini yurituvchi haydovchilar faqat litsenziya kartasida ko‘rsatilgan hudud va unga tutash viloyatlarda ishlashi mumkin. Bu haqda Transport vazirligi rasmiy izoh berdi.
Masalan, Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “10” raqamli mashina Toshkent shahri, Sirdaryo yoki Namangan viloyatlarida taksichilik qilishi mumkin. Samarqand raqamli avtomobillar esa faqat o‘z viloyati va unga qo‘shni hududlarda ishlay oladi.
Ushbu tartib 2025-yildagi qarorga asosan kuchga kirgan bo‘lib, taksi faoliyatini tartibga solish va mahalliy bandlikni oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ayrim imtiyozlar saqlanib qolgan. Daromadi 100 mln so‘mdan oshgan haydovchilarning soliqlari avtomatik tarzda undiriladi.