
- 0
- 13.09.2025 11:44:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq Qashqadaryoda Damas haydovchisi “peshexod”dan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib ketishiga bir bahya qolgani haqida xabar bergan edik. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati huquq-tartibot organlari videoyozuvni o‘rganib, 68 yoshli haydovchini aniqladi. U sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, bolaning ota-onasidan uzr so‘radi va 1 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 10,3 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.