Yangiyo‘lda haydovchi yo‘lidagi itni bosib ketdi

Yangiyo‘lda haydovchi yo‘lidagi itni bosib ketdi
  • 0
  • 25.08.2025 08:43:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Matiz haydovchisi yo‘lda yotgan itni shavqatsizlarcha bosib ketgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Aniqlanishicha, holat 21-avgust kuni Yangiyo‘l shahrida sodir bo‘lgan. It nobud bo‘lgani aytilmoqda. Haydovchi esa 1 million 236 ming so‘m jarimaga tortilgan. 

❗️Hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lish ma’muriy javobgarlikdan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravarigacha (20 million 600 ming so‘mgacha) jarima yoki 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News