Buyuk Britaniyada haydovchi “Liverpul” futbol muxlislarini bosib ketdi

  • 0
  • 27.05.2025 15:03:00
  • 1 daq o'qish

 

26-may kuni Buyuk Britaniyada haydovchi mashinasini “Liverpul”ning g‘alabasini nishonlayotgan futbol muxlislari ustiga haydadi. Oqibatda 50 ga yaqin odam turli darajada tan jarohati olgan. Ular orasida 4 nafar bola ham bor. Hammasi bo‘lib 27 kishi shifoxonaga yetkazilgan. Ularning ikki nafari — bir bola va bir katta yoshli shaxs juda og‘ir ahvolda. 
Odamlar ustiga mashina haydagan 53 yoshli haydovchi qo‘lga olingan. Hodisa terrorchilik harakati sifatida baholanmagan.

❗️Bunday holatlarda darhol politsiyaga va tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish zarur!

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News