Yunusoboddagi haydovchilar janjali

  • 1
  • 17.04.2025 16:15:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki haydovchi o‘rtasidagi mushtlashuv aks etgan video tarqaldi. Hodisa 12-aprel kuni Toshkentning Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, 34 yoshli Spark haydovchisi va 20 yoshli Matiz haydovchisi yo‘lda talashib, o‘zaro janjallashgan va Spark haydovchisi temir jism bilan Matiz’ning oynalarini sindirgan. Keyin esa Matiz haydovchisining boshiga urib, tan jarohati yetkazgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News