
- 0
- 15.04.2025 11:32:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlari bilan janjallashib, mushtlashgan haydovchining videosi tarqaldi. Aniqlanishicha, holat Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, Cobalt haydovchisi mashinasini to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan yo‘l belgisi o‘rnatilgan joyda qoldirib ketgani sababli xodim undan hujjatlarini so‘raganida taqdim qilmasdan, uning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va janjallashib ketgan.
Ushbu qilmishi uchun haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.