Ichimlik suvi ta'minoti 90%: Viloyatlarda katta o'zgarish kutmoqda

Ichimlik suvi ta'minoti 90%: Viloyatlarda katta o'zgarish kutmoqda
  • 2
  • 17.03.2025 21:37:00
  • 1 daq o'qish

 Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni ichimlik suvi, issiqlik taʼminoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat rahbarining Fransiyaga tashrifi doirasida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ichimlik suvi bo‘yicha 340 million yevrolik 3 ta loyiha kelishildi. Jumladan, Fransiyaning “Suez” kompaniyasi Denov, Sho‘rchi, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘ondagi ichimlik suvi taʼminotini xususiy boshqaruvga olyapti. Natijada viloyatda markazlashgan ichimlik suvi qamrovi 90 foizga yetishi kutilmoqda. Besh yilda yirik suv inshooti va magistral quvurlarga 4 800 ta “aqlli” hisoblagich, 2 800 ta telemetriya tizimi o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda Sohaga xususiy sektorni jalb qilish, sohani raqamlashtirish vazifalari qo'yildi. Markazlashgan issiqlik taʼminoti qamrovi 37 foizdan 58 foizga yetadi. 9 mingta uy-joy yopiq isitish tizimiga o‘tkaziladi. Qishloq yerlarini ajratish soddalashtiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News