“MYu”da durang, “Real” va “Barsa”da g‘alaba

“MYu”da durang, “Real” va “Barsa”da g‘alaba
  • 2
  • 25.08.2025 09:08:00
  • 1 daq o'qish

Dam olish kunlari kuchli beshlikning barcha musobaqalari to‘liq start oldi.
A Seriyada “Yuventus” “Parma”ga (2:0) imkoniyat qoldirmagan bo‘lsa, “Atalanta” kutilmaganda debyutant bilan durang (1:1) o‘ynadi.
APLda esa MYu yana ochko yo‘qotdi. Amorim shogirdlari safarda “Fulxem” (1:1) bilan durangga imzo chekdi. Brunu esa penaltidan aniq foydalana olmadi.
“Qizil iblislar” Amorim qo‘l ostida 29 o‘yin o‘tkazib, 28 ochko jamg‘arishib, o‘ziga xos antirekord o‘rnatishdi. Qolaversa, 2 turda yaqqol golli vaziyat yaratgan yagona futbolchi bu – darvozabon Bayindir ekan.
Bundesligada esa amaldagi chempion “Bavariya” asosiy raqibi “Leypsig”ni 6:0 hisobida tor-mor etdi.
“Borussiya D” esa safar “Sankt-Pauli” bilan 3:3 hisobida jangovar durang qayd etdi.
La Ligada esa vaziyat o‘sha-o‘sha. Grandlar “Barsa” va “Real” navbatdagi muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.
1 Ligada esa “Lion”, “Tuluza”, PSJ va “Strasburg” 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News