
- 6
- 05.08.2024 16:01:00
- 1 daq o'qish
Boks bo‘yicha Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda Kabo-Verde vakili Daniyel de Pinani mag‘lub etib, ikkinchi bor Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi.
Tojikistonlik Davlat Boltayev bilan jang qilgan yurtdoshimiz Lazizbek Mullojonov esa o‘zining aniq va kuchli zarbalari evaziga finalga chiqib, 9-avgust kuni chempionlik uchun ringga ko’tariladigan bo‘ldi.