Donnarumma PSJdan ketadi

 Donnarumma PSJdan ketadi
  • 1
  • 13.08.2025 08:51:00
  • 1 daq o'qish

Italiyalik posbon parijliklar bilan xayrlashdi.
– Afsuski, kimdir men endi jamoa tarkibida bo‘lib, uning muvaffaqiyatiga hissa qo‘sha olmayman, deb qaror qilgan – hafsalam pir bo‘ldi va tushkunlikka tushdim. Umid qilamanki, yana bir bor “Park de Prens” stadionida muxlislar ko‘ziga qarab, xayrlashish imkoniyatim bo‘ladi. Rahmat, Parij 💙❤️
Jamoaga Shevalye kelganidan boshlab darvozabonga bo‘lgan bosim kuchayib borayotgan edi. Donnarumma UEFA Superkubogi uchun “Tottenxem”ga qarshi kechadigan o‘yin qaydnomasiga kiritilmagach, qarorini o‘zgartirdi.
Unga, “Manchester Siti” va “Bavariya” qiziqish bildirgani ma’lum qilingandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News