
- 15
- 12.10.2026 18:47:00
- 1 daq o'qish
Doniyor Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Qodirov tayinlovga qadar Prezident administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti rahbari lavozimida ishlagan. U avval Ichki ishlar vazirligining turli rahbarlik lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov 9-oktabr kuni bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlangan edi.
Manba: Kun.uz