“Donald Tramp” qurbonlikdan omon qoldi

“Donald Tramp” qurbonlikdan omon qoldi
  • 0
  • 28.05.2026 15:17:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq tashqi ko‘rinishi bilan AQSH prezidentiga o‘xshashligi sabab “Donald Tramp” nomini olgan va ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylangan 700 kilogrammli albinos buqa hayitda qurbonlik qilinishi haqida xabar berilgandi. Hayvon hatto qurbonlik uchun sotilgan edi.
Biroq uning videolari internetda tarqalib, butun mamlakat bo‘ylab katta qiziqish uyg‘otdi. Odamlar “Tramp”ni ko‘rish uchun fermaga oqib kela boshlaganidan so‘ng Bangladesh hukumati uni so‘yishni bekor qildi.
Rasmiylar xaridorga pulini qaytarib bergan va hayvonni Dakkadagi hayvonot bog‘iga ko‘chirgan. Shu tariqa “Donald Tramp” qurbonlikdan omon qolgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News