Donald Tramp — 2024-yil odami

Donald Tramp — 2024-yil odami
  • 3
  • 12.12.2024 16:58:00
  • 1 daq o'qish

12-dekabr kuni TIME jurnali Donald Trampni “2024-yil odami” deb e’lon qildi. U dunyoga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs sifatida tan olindi. Tramp bilan bir qatorda 2024-yilgi nomzodlar ro‘yxatida AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris, Uels malikasi Keyt Middlton, tadbirkor Ilon Mask, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va boshqalar bor edi. Tramp doim shov-shuvlar va dunyo markazida bo‘ldi, suiqasdlarda omon qoldi, saylovlarda g‘olib bo‘ldi va 2025-yil yanvar oyidan prezidentlik davrining ikkinchi muddatiga kirishishni boshlaydi. 

TIME jurnali 1927-yildan buyon, qanday bo‘lishidan qat’i nazar, xoh u yaxshi bo‘lsin yoki yomon, so‘nggi 12 oy ichida dunyoga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs, guruh yoki konsepsiyani tanlab kelmoqda. 
2023-yilda bu unvonni xonanda Teylor Svift olgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News