Fransiyada shifokor 30 bemorni zaharlashda ayblanmoqda

Fransiyada shifokor 30 bemorni zaharlashda ayblanmoqda
  • 0
  • 10.09.2025 07:52:00
  • 1 daq o'qish

Fransiyada 53 yoshli shifokor Frederik Pechier 2008–2017-yillarda 30 nafar bemorni zaharlashda ayblanmoqda. Ulardan 12 nafari halok bo‘lgan. Tergovga ko‘ra, u hamkasblariga zarar yetkazish uchun tibbiy jihozlarga zahar qo‘shgan va so‘ng bemorlarni jonlantirishda “yordam bergan”.
Sud jarayoni allaqachon boshlangan. Ayblov tasdiqlansa, sobiq shifokor umrbod qamoqqa hukm qilinishi mumkin. Pechier aybini inkor qilmoqda va hozirda sud nazorati ostida ozodlikda yuribdi. Sud jarayoni dekabrgacha davom etishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News