Farg‘onada shifokor bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib, o‘limiga sababchi bo‘ldi

Farg‘onada shifokor bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib, o‘limiga sababchi bo‘ldi
  • 0
  • 23.07.2025 08:39:00
  • 1 daq o'qish

Farg‘onada jarroh bemorning chap oyog‘ini kesish o‘rniga sog‘lom o‘ng oyog‘ini kesib tashladi. Keyinchalik chap oyog‘ini ham kesib, bemorning o‘limiga sababchi bo‘ldi. 
Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 18-oktabr kuni Farg‘onadagi Endokrinologiya markaziga Adinaxon Isomitdinova ismli bemor ayol olib kelingan. Unga “qandli diabet ikkinchi turi og‘ir shakli, dekompensatsiya bosqichi, Ds neyroishemik shakli, Vanger-4, chap oyoq boldir sohasida amputatsiyadan keyingi holat tizza bo‘g‘imi maydalanib sinishi” tashxisi qo‘yilib, chap oyog‘ini kesish kerak bo‘lgan. Biroq bo‘lim boshlig‘i Abdubannop Madolimov operatsiyani o‘z boshimchalik va talaba ishtirokida o‘tkazib, bemorning sog‘lom o‘ng oyog‘ini kesib tashlagan. Keyin esa chap oyog‘ini ham kesgan. Ikki og‘ir operatsiyani ko‘tara olmagan ayol 2024-yil 7-noyabrda vafot etgan.
Sud unga 3 yil Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida rahbarlik va shifokorlik vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 
Shuningdek, jabrlanuvchining qonuniy vakiliga 27 mln 806 ming so‘m moddiy va 80 mln so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News