
- 0
- 04.07.2025 15:12:00
- 1 daq o'qish
2-iyul kuni Buxoroda ruhiy salomatlik markazining narkologiya bo‘limiga mast holatda olib kelingan 46 yoshli erkak stol ustida turgan pichoqni olib, o‘z qo‘lini kesishga uringan. Shifokor Elbek Dilov chaqqonlik bilan uning qo‘lidan pichoqni olib, vaziyatni nazoratga oldi. Hodisa xonadagi kameraga muhrlangan, hech kim jabrlanmagan.
Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, foydalanuvchilar shifokorning chaqqon va sovuqqonlik bilan harakat qilganini olqishladi.