“Senga erim kerakmi?”: Qashqadaryoda ayol va uning qarindoshlari erining o‘ynashini omma oldida “samosud” qildi

“Senga erim kerakmi?”: Qashqadaryoda ayol va uning qarindoshlari erining o‘ynashini omma oldida “samosud” qildi
  • 0
  • 11.08.2025 14:26:00
  • 1 daq o'qish

24-iyul kuni soat 22:30 atrofida Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi ayol “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, birga rasmiy nikohsiz yashayotgan erkak bilan uning onasi uyida janjallashayotganini bildirgan.
Voqea joyiga kelgan profilaktika inspektori erkakni tuman IIBga olib ketgan. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay, erkakning qonuniy nikohdagi ayoli va qarindoshlari jamoat joyida “Senga erim kerakmi?” deya baqirib, uning o‘ynashini bir necha marta tepib, urgan va kiyimsiz holda qoldirgan.

Mazkur voqea bo‘yicha Chiroqchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News