
- 11
- 20.05.2024 15:07:00
- 1 daq o'qish
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova faoliyatida ketma-ket ikkinchi marotaba Jahon chempionatlarining finalida kurashdi. BAAda o‘tayotgan dunyo birinchiligida hamyurtimiz afsuski finalda yana mag‘lubiyatga uchradi va -52 kg vazn toifasining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Keldiyorova chempionlik bahsida Olimpiya o‘yinlarining ikki karra sovrindori, italiyalik Odette Juffrida bilan bellashdi. Ushbu natija Diyoraga Jahon va Olimpiada reytingi uchun 1400 ochko taqdim qiladi.