
- 0
- 23.07.2025 08:06:00
- 1 daq o'qish
2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 23,3 mingta ajralish holati qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 800 taga ko‘p. Statistikaga ko‘ra, ajralishlarning 60,6 foizi (14,1 ming) shaharlarda, 39,4 foizi (9,2 ming) esa qishloq joylarda sodir bo‘lgan.
Eng ko‘p ajralish holatlari Toshkent shahri (1,5 ming), Toshkent viloyati (1,2 ming) va Farg‘ona viloyatida (1,2 ming) qayd etilgan. Eng kam ajralish esa Navoiy viloyatida bo‘lgan — 310 ta. Shu davrda 95,3 mingta nikoh rasmiylashtirilgan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,1 mingta kam. Nikohlarning 51,1 foizi shaharlarda, 48,9 foizi esa qishloqlarda tuzilgan.