
- 4
- 29.09.2025 12:38:00
- 1 daq o'qish
Hukumat qaroriga ko‘ra, yirik savdo markazlari va oziq-ovqat do‘konlarida iste’mol muddati tugash arafasidagi mahsulotlar uchun maxsus rastalar tashkil qilinadi. Ularning narxi har 10 kunda bosqichma-bosqich pasaytirib boriladi. Shuningdek, yetkazib berish tizimida mahsulot yo‘qotishining oldini olish choralari ko‘riladi, sifat nazorati kuchaytiriladi hamda fermerlar uchun o‘quv seminarlari o‘tkaziladi. 2026–2030-yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilinib, “Oqilona iste’mol” dasturi amalga oshiriladi.