Turkiyada diskoteka to‘pi kelinning ustiga quladi

  • 1
  • 20.05.2025 16:42:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyadagi xina marosimida shiftdagi diskoteka to‘pi qulab tushdi. Oqibatda kelin va yana ikki kishi yengil jarohatlandi. Voqea marosim oxirida, raqs paytida sodir bo‘lgan. Taxminan 30 kvadrat metrlik maydonda 50 kishi bo‘lgan va bu holatda o‘lim holati bo‘lmagani “mo’jiza” deb baholangan.
Kelin va kuyovning advokati hodisa yuzasidan huquqiy choralar ko‘rilayotganini bildirdi. Yaradorlarning barchasining ahvoli yaxshi, hayotiga xavf yo‘q.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News