Kechki ovqat tayyor😋

Kechki ovqat tayyor😋
  • 1
  • 16.09.2026 10:36:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
800 gr mol go‘shti
100 gr sariyog‘
2 dona piyoz
2 dona bulg‘or qalampiri
3 dona sarimsoq
2 dona pomidor
1 osh qoshiq tomat
300 ml suv
10–12 dona kartoshka

Ziravorlar:
1 choy qoshiq qora murch
2 choy qoshiq qizil qalampir kukuni
2 choy qoshiq oregano
biroz tuz

Tayyorlanishi:
Katta qozonda sariyog‘ni eritib oling. Yirik to‘g‘ralgan go‘shtni solib aralashtiring. Qozon qopqog‘ini yopib, o‘rtacha olovda go‘sht yaxshi pishguncha pishiring. So‘ng, halqa shaklida to‘g‘ralgan piyoz va yirik to‘g‘ralgan bulg‘or qalampirini qo‘shib, 4–5 daqiqa qovuring. Mayda to‘g‘ralgan sarimsoq, pomidor, tomat pastasi va ziravorlarni solib, yana 2 daqiqa qovurishda davom eting.
Suvni qo‘shing, qozon qopqog‘ini yoping va go‘sht biroz yumshaguncha past olovda pishiring. Zarurat bo‘lsa, yana biroz issiq suv qo‘shishingiz mumkin.
Kartoshkalarni kattaligiga qarab ikkiga yoki to‘rtga bo‘lib, qozonga soling. Aralashtiring, qopqog‘ini yoping va kartoshkalar yumshaguncha pishiring.
Oxirida taomni qaynatilgan guruch bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha❤🍽

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News