Kechki ovqat tayyor 🍗

Kechki ovqat tayyor 🍗
  • 1
  • 18.07.2026 10:56:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
6 dona tovuq soni
3–4 dona kartoshka
2 dona piyoz

Sousi uchun:
yarim stakan zaytun yog‘i
1 dona sarimsoq bo‘lagi
1 stakan suv
qizil maydalangan qalampir
qora murch
karri ziravori
tuz
1 osh qoshiq un

Tayyorlanishi:
Piyozlar halqa shaklida to‘g‘ralib, qozon tubiga terib chiqiladi. Ustidan tovuq go‘shti, keyin kartoshkalar joylashtiriladi. Sous uchun barcha masalliqlar yaxshilab aralashtirib, tovuq va kartoshka ustidan quyiladi. Tovuqli taomimiz avval baland olovda qaynaguncha pishiriladi. Qaynay boshlagach, olov pasaytirilib, suvi to‘liq shimilib ketguncha dimlab pishiriladi. Tovuqli ovqatni qaynatilgan guruch yoki no‘xatli guruch palovi bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha! 🍗

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News