- 2
- 29.05.2025 13:38:00
- 1 daq o'qish
AQSHda Minneapolisdan Medisonga uchadigan reys samolyot bortiga kirib qolgan qushlar sabab kechiktirildi. Hodisa samolyot havoga ko‘tarilishidan avval sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng samolyotga yuk xizmati xodimlari kabutarlarni ehtiyotkorlik bilan bortdan chiqarib yuborishgan. Parvoz rejadagi vaqtdan bir soatga kechikib, Medisonga yetib bordi.