- 0
- 29.05.2025 13:36:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi ichida odamlari bilan yonib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rasmiy bayonot bilan chiqib, yong‘in “Afrosiyob”da emas, balki unga texnik xizmat ko‘rsatishda ishlatiladigan manyovr (yordamchi) teplovozida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea yuz bergan vaqtda poyezd yo‘lovchisiz bo‘lgan va hech kim jabrlanmagan. Yong‘in joyiga zudlik bilan yetib borgan o‘t o‘chiruvchilar uni butunlay o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.