IMEI-kodlarni ro’yxatdan o‘tqazish narxlari oshdimi?

IMEI-kodlarni ro’yxatdan o‘tqazish narxlari oshdimi?
  • 1
  • 16.07.2025 14:13:00
  • 1 daq o'qish

Shu kunlarda mobil telefonlarning IMEI-kodlarini ro’yxatdan o‘tqazish narxlari keskin oshib ketganligi haqidagi xabarlar ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Bojxona qo‘mitasi bu vaziyatga rasmiy izoh berib, narxlar oshirilmaganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda bu BHMning 20% ya’ni 75 ming so‘mni tashkil qiladi. 
Qo‘mita izohiga ko‘ra, agar sotib olinayotgan telefon qonuniy yo‘llar bilan import qilinayotgan bo‘lsa, bunda telefonning sim-kartasi nechta bo‘lishidan qat’iy nazar IMEI-kodlari allaqachon ro‘yxatdan o‘tqazilgan bo‘ladi. Agar telefon noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan bo‘lsa, yoki deklaratsiyada ko‘rsatilmagan bo‘lsa uning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tqazishda qurilmaning bojxona qiymatidan 30% miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi. Mana shu to‘lov to‘langandan keyingina qurilma UzIMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tqaziladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News