Arda Guler “Yuventus”ga o‘tdimi?

Arda Guler “Yuventus”ga o‘tdimi?
  • 10
  • 22.10.2024 12:42:00
  • 1 daq o'qish

“Yuventus”ning X’dagi rasmiy sahifasida Arda Gulerning transferi e’lon qilindi.
— Yuventusga xush kelibsan, Arda Guler. O‘sib borayotgan futbol yulduzi endi “Yuventus” oilasining bir qismi. Ushbu yangi sayohatda birgalikda tarix yaratishga tayyormisiz, deya yozib qoldirilgan klubning ingliz tilidagi rasmiy sahifasida.

Ushbu voqeadan so‘ng, “Yuventus” klubning akkauntiga xakerlik hujumi uyushtirilgani va bu xabarga e’tibor bermaslik kerakligini ta’kidladi. Shundan so‘ng voqeaga turk xakerlari aloqadorligi haqida ayblovlar ham paydo bo‘ldi. Endi “Yuventus” xavfsizlik choralarini kuchaytirishi kutilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News