Xorazmdagi uyga asteroid tushdimi?

  • 0
  • 14.05.2025 14:16:00
  • 1 daq o'qish

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani haqidagi video tarqaldi. Viloyat FVB matbuot xizmati ushbu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirib, rad etdi. Ma’lum qilinishicha, 12-may kuni soat 03:39 da Xorazm viloyati FVBga Bog‘ot tumani Obod Vatan ko‘chasidagi uy dahlizining taxminan 10 kvadrat metr tom qismi qulab tushgan. O‘rganishlar davomida xonadonda 2 ta propan gaz balloni mavjudligi aniqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisaga asteroid sabab bo‘lgani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalgan. Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida maxsus ekspertiza tayinlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News