- 0
- 17.05.2025 08:41:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qonda zavod portlagani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, kecha, 16-may kuni Qo‘qon shahridagi Indorama zavodida ammiak moddasini vagondan maxsus idishga o‘tkazilayotgan vaqtda shlangda yorilish hosil bo‘lib, taxminan 10 foiz ammiak zavod hududiga sizib chiqqan. Barcha fuqarolar va zavod ishchilari voqea joyidan favqulodda boshqa joyga ko‘chirilgan. 10 yaqin inson tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Ayni damda zavodga olib boradigan yo‘llar yopilib, fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan. Barcha kuch va texnik vositalar favqulodda holatni bartaraf etdi.
Shuningdek, vaziyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazoratida ekani ta’kidlandi.