- 6
- 10.02.2025 08:45:00
- 1 daq o'qish
Biologlar Kanar orollari qirg‘oqlarida kunduz kuni qorasini ko‘rsatmaydigan “Iblis baliq”ni suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Qo‘rqinchli ko‘rinishi sabab “Iblis baliq” yoki “Chuqur suv baliqchisi” deb ataladigan bu baliq deyarli quyosh nuri kirmaydigan 200 dan 1500 metrgacha chuqurlikda yashaydi. Shuning uchun uni kunduz ko‘rish juda kam uchraydi. Olimlarning taxminiga ko‘ra, bu baliq yemish izlab yoki okean sharoitidagi o‘zgarishlar va boshqa atrof-muhit omillari tufayli sayozroq chuqurlikka o‘tgan bo‘lishi mumkin.