
- 4
- 25.03.2025 09:19:00
- 1 daq o'qish
Hibsda saqlanayotgan Istanbul meri Akram Imomo‘g‘li muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi tomonidan prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatildi.
Respublika xalq partiyasi rahbari O‘zg‘ur O‘zelning taʼkidlashicha, Akram Imomo‘g‘li uchun 14 million 850 mingdan ortiq odam ovoz bergan. Shu bilan birga, Istanbul va boshqa shaharlarda uning hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. 23-mart kuni merini qo‘llab-quvvatlash uchun yarim millionga yaqin odam ko‘chalarga chiqdi. Siyosiy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, Istanbul fond birjasi indeksi 16 foizdan ortiqqa quladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, 23-mart kuni Istanbul sudi shahar meri Akram Imomo‘g‘lini qamoqqa olishga qaror qildi. U korrupsiyada ayblanmoqda va sud jarayoni tugagunga qadar qamoqda saqlanadi. Bu qaror 19-mart, Imomo‘g‘li qo‘lga olingan kundan boshlangan namoyishlarni avj oldirdi. Politsiya 300 dan ortiq namoyishchini qo‘lga olgan.