Ota-onasining yolg‘iz qizi bo‘lgan: Farg‘onada murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgan qizaloq ishi bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi

Ota-onasining yolg‘iz qizi bo‘lgan: Farg‘onada murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgan qizaloq ishi bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi
  • 9
  • 24.07.2023 14:16:00
  • 1 daq o'qish

Farg‘ona shahar Yangi Asr ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino yonidan 20-iyul kuni 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan yangi tafsilotlar ochiqlandi.

Qizaloqning yaqinlari tomonidan berilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, 19-iyul kuni o‘zlariga tanish bo‘lgan oila farzandi — 2006-yilda tug‘ilgan, Farg‘ona shahridagi 16-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi qizning uyiga kelib onasi uni chaqirayotganini aytgan va uydan olib chiqib ketgan. 11 yoshli qizaloq ota-onasining yolg‘iz qizi bo‘lgan. 

“Ayam chaqiryapti, dedi. Darrov jo‘nataman, keladi, dedi. Mayli, qizim akang bilan bor, dedim. Yugurib-yugurib ketishdi. Bir soat bo‘lsa ham kelmadi. Domni orqasiga o‘tdik. Qizimni baqirib chaqirdim, qidirdim. Undan qizimni so‘radim. Bormadimi, dedi. Kelgani yo‘q, dedim. Kelib qolar, dedi”, — deya o‘sha kun haqida aytib berdi marhuma qizaloqning otasi. 

Shuningdek, qizning onasi ham voqea haqida aytib berdi. Uning ta‘kidlashicha, 2006-yilda tug‘ilgan bola dugonasining o‘g‘li bo‘lgan. 

“O‘rtog‘im bor edi. Kirdi-chiqdimiz bor edi. Bollari kelib narsa olib ketardi. Ayang chaqiryapti, deb aldab olib chiqib ketgan ekan”, — deydi ayol.

Yigit yashaydigan MFY raisi u haqida gapirib, hech qanday yomon tavsiya bera olmasligini aytdi. Oldindan uning ustidan shikoyat tushmagan.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News