- 0
- 06.05.2025 15:58:00
- 1 daq o'qish
Navoiyda yoshlar yetakchilari halok bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida kecha xabarlar tarqalgan edi.
Aniqlanishicha, haydovchi yuqori tezlikda harakatlanib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan yuk mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu payt boshqaruvni yo‘qotib, mashina yo‘l chetiga chiqib ag‘darilgan.
Oqibatda Karmana tumani Farhod mahallasi yoshlar yetakchisi Ulug‘bek Oblaqulov va Mirsaid Bahrom mahallasi yetakchisi Muhriddin Bahronov voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yana bir yo‘lovchi — Karmana tumani Yoshlar ishlari bo‘limi xodimi Valijon Qosimov esa hozirda shifokorlar nazorati ostida.