Deputat Alisher Qodirov daraxtlar masalasida fikr bildirib, ularni kesish to‘liq taqiqlanmasligi, zarurat bo‘lsa, ruxsat berilishi kerakligini aytdi

Deputat Alisher Qodirov daraxtlar masalasida fikr bildirib, ularni kesish to‘liq taqiqlanmasligi, zarurat bo‘lsa, ruxsat berilishi kerakligini aytdi
  • 3
  • 19.07.2025 10:45:00
  • 1 daq o'qish

Deputat Alisher Qodirov daraxtlar masalasida fikr bildirib, ularni kesish to‘liq taqiqlanmasligi, zarurat bo‘lsa, ruxsat berilishi kerakligini aytdi.

“Daraxt inson uchun asraladi, aksincha emas. Hamma daraxtni himoya qiladi, ammo suv, yer, oziq-ovqat, vaqtni isrofga qarshi birlashmaymiz”, — dedi u.

Avvalroq tadbirkor Murod Nazarov qurilishga xalaqit bergan daraxtlarni kesib, o‘rniga yangilarini oldindan ekishni taklif qilgan. Bu fikr jamoatchilik va Ekopartiya tomonidan tanqid qilindi.

Rasmiylarga ko‘ra, 2025-yil 6 oyida 453 ming daraxt saqlab qolingan, 848 tup noqonuniy kesilib, aybdorlar jazolangan. Noqonuniy kesish holatlari 60%ga kamaygan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News