
- 0
- 13.05.2025 16:18:00
- 1 daq o'qish
2025-yil 1-sentabrdan boshlab, chet eldan deportatsiya qilingan yoki readmissiya asosida qaytarilgan o‘zbekistonlik fuqarolarga 2 yil davomida xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirib berilmaydi. Bu 13-may kuni hukumatning “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi yangi qarorida ko‘zda tutilgan. Istisno holatlar faqat Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
🔎 Kimlar bu ro‘yxatga tushadi?
• Chet elda noqonuniy qolgan yoki vizasi tugagan fuqarolar;
• Deportatsiya qilinganlar;
• Xorijiy davlat qonunlarini buzganlar;
• O‘zbekistonning xalqaro obro‘siga putur yetkazganlar.
📁 Ma’lumotlar TIV, IIV va Migratsiya agentligi bergan ma’lumotlar asosida yagona elektron reyestrda yuritiladi.
⚠️ Deportatsiya qilingan fuqarolarga quyidagi ta’sir choralari qo‘llanadi:
• Qaytish xarajatlari fuqaroning o‘zidan undirib olinadi;
• Olingan subsidiya va yordam pullari qaytariladi;
• 1 yil davomida rivojlangan davlatlarga ishga yuborilmaydi;
• Shartnoma buzilganda jarima va kafillik belgilanadi.
Bu chora-tadbirlar migratsiya jarayonlarini tartibga solish va noqonuniy muhojirlikni kamaytirish maqsadida joriy etilmoqda.