Toshkentda Turkiya “Demokratiya va milliy birlik kuni” nishonlandi 

Toshkentda Turkiya “Demokratiya va milliy birlik kuni” nishonlandi 
  • 6
  • 16.07.2024 09:24:00
  • 1 daq o'qish

15-iyul kuni Toshkent shahrida  “Demokratiya va milliy birlik kuni” munosabati bilan “Xalqning g‘alabasi” mavzusida xotira tadbiri tashkil etildi.

Diplomatik korpus, qardosh xalq olimlari, ziyolilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va ayni payt yurtimizda yashayotgan, faoliyat yuritayotgan Turkiya fuqarolari ishtirok etgan yig‘in mamlakat madhiyasi ijro etilishi bilan boshlandi. Anjuman qatnashchilari mamlakat irodasini, odamlarning bir-biriga sadoqatini alohida e’tirof etdi.

Tadbirda o‘sha mash’um kunlar, marhumlar xotirlanib, sanaga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Shuningdek,“15-iyul voqeasi”ga bag‘ishlangan foto ko‘rgazma ham yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News