
- 3
- 13.06.2026 11:01:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
2 dona konservalangan makkajo‘xori
1 choy qoshiq qizil qalampir kukuni
yarimta aysberg karami
2 dona bodring
6 dona cherri pomidor
yarim bog‘ petrushka va ukrop
1 choy qoshiq quritilgan yalpiz
5 osh qoshiq suzma
1 dona sarimsoq
1 choy qoshiq tuz
Tayyorlanishi:
Birinchi, konservalangan makkajo‘xorining suvi sizdirib olinib, qizil qalampir kukuni va biroz zaytun yog‘i bilan aralashtiriadi. So‘ng, makkajo‘xorilar pechda qizarib qarsildoq bo‘lguncha pishiriladi. Salat uchun kerakli barcha masalliqlar bir xil shaklda to‘g‘ralib, ustidan quritilgan yalpiz va biroz zaytun yog‘i solinadi. Suzmaga esa, maydalangan sarimsoq va tuz qo‘shiladi. Oxirida, salatga makkajo‘xorilar solinib, suzma bilan yaxshilab aralashtiriladi. Mazali salatimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha❤️😘