Mazali pasta retsepti🍝

Mazali pasta retsepti🍝
  • 1
  • 18.07.2026 11:04:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
1 osh qoshiq sariyog'
2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
1 dona piyoz
4 dona sarimsoq
1 osh qoshiq achchiq chili yog‘i
1 stakan qaymoq
1 osh qoshiq soya sousi
1 choy qoshiq tuz, qora murch, tog‘rayhon

Tayyorlanishi:
Birinchi tovada sariyog‘ va o‘simlik yog‘i qizdirilib, piyoz tillarang bo‘lgunicha qovuriladi. So‘ng, maydalangan sarimsoq, chili yog‘i va hohishga ko‘ra, soya sousi solinadi. Qaymoq ham qo‘shilib, kerakli quyuqlikka kelgunicha, oz-ozdan pasta qaynatilgan suvdan solinadi. Oxirida, ziravorlar va suvda qaynatilgan pasta qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Mazali pastamiz tayyor!

Yoqimli ishtaha❤️🍷

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News