Mazali shirinlik retsepti🍰

Mazali shirinlik retsepti🍰
  • 5
  • 10.10.2026 18:25:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
500 gr un
80 gr shakar
200 gr sariyog‘
200 gr qaymoq
1 dona tuxum
½ choy qoshiq oziq-ovqat sodasi
½ choy qoshiq sirka

Nachinkasi uchun:
1 litr qaynatilgan quyultirilgan sut
ustiga sepish uchun qand upasi

Tayyorlanishi:
Birinchi xona haroratida erigan sariyog‘ni un bilan yaxshilab aralashtirib olamiz. Keyin shakar solamiz. Alohida idishda qaymoqqa tuxum, sirka va oziq-ovqat sodasi solib aralashtiramiz. So‘ng, qaymoqli massani unga qo‘shib, yumshoqqina xamir qoriymiz. Xamirni kichik zuvalachalarga bo‘lib, dumaloq qilib yoyamiz va ichiga qaynatilgan quyultirilgan sutdan solib, bukib chiqamiz. Oxirida shirinligimizni oldindan 180 darajada qizdirilgan pechda pishirib olamiz. Shirinlik ustidan qand upasi sepib, dasturxonga tortamiz!

Yoqimli ishtaha😍❤️

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News