🌭 Pishloqli mazali korn-dog 🍯

  • 2
  • 12.07.2025 08:44:00
  • 1 daq o'qish

 

✨ Uy sharoitida oddiy retsept. Siz ham ko‘chalarda sotiladigan mazali korn-dogni uyda tayyorlamoqchimisiz? Unda bu retsept aynan siz uchun! 😊

📝 Kerakli masalliqlar:

Sosiska – 6 dona
Pishloq  – 100 gr (xohlaganingizcha)
Yog‘och tayoqcha – 6 dona
Un – 1 stakan
Tuxum – 1 dona
Sut – 1 stakan (iliq)
Tuz – yarim choy qoshiq
Razrixlitel  – 1 choy qoshiq
Qovurish uchun o‘simlik yog‘i

👩‍🍳 Tayyorlanishi:

Sosiska va pishloqni tayoqchalarga ketma-ket qilib tiqib chiqing (yarim sosiska, yarim pishloq bo‘lishi mumkin).
Xamir tayyorlang: tuxum, sut, shakar, tuz, un, va razrixlitelni aralashtirib, quyuq xamir qiling.
Tayoqqa taqilgan sosiska va pishloqni xamirga to‘liq botiring.
Ustiga suxari yoki maydalangan non bo‘lagi sepib, qizigan yog‘da qizarguncha qovuring.
Qovurilgan korndogni salfetkaga qo‘yib ortiqcha yog‘ini olsangiz bo‘ladi.
Ustiga ketchup va mayonez bilan sepsangiz, yanada mazali bo‘ladi. 

Yoqimli ishtaha😋

📌 Siz ham sinab ko‘ring, fikrlaringizni izohlarda kutamiz ❤️

#LazzatDunyosi #Korndog #MazaliRetsept #UydaPishiring

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News