
- 0
- 26.06.2026 17:39:00
- 1 daq o'qish
Janubiy Koreya maxsus prokuraturasi sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan 2024-yilda harbiy holat joriy etishga urinish ishi bo‘yicha o‘lim jazosini so‘radi.
Prokuratura Seul Oliy sudiga kiritgan apellyatsiyasida avval chiqarilgan umrbod qamoq jazosini yetarli emas deb hisoblagan.
Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilish orqali isyon uyushtirish, hokimiyatni suiiste’mol qilish va boshqa bir qator ayblovlar yuzasidan sudlanmoqda. Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, isyonga rahbarlik qilish aybi uchun o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi qo‘llaniladi.