Kar va soqov futbolchi o‘yinda ispancha gapirdi

Kar va soqov  futbolchi o‘yinda  ispancha gapirdi
  • 7
  • 27.09.2024 14:02:00
  • 1 daq o'qish

Ruminiyada klub chet ellik o‘yinchilarga qo‘yilgan cheklovni chetlab o‘tish uchun lotin amerikalik futbolchini ruminiyalik deb tanishtirdi. Futbolchilardan biri Florentin hujjatlarga ko‘ra ruminiyalik bo‘lgan, biroq o‘yin davomida ispan tilida gapirgan. Tanaffus vaqtida hakam undan rumin tilida nimadir aytishni so‘ragan, biroq futbolchi gapira va yoza olmasligini tushuntirgan. 

Buning uchun klubga texnik mag‘lubiyat, jarima belgilandi, klubdan olti ochko olib tashlandi va yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News