🎩Devid Bekhem endi “Ser”

🎩Devid Bekhem endi “Ser”
  • 0
  • 14.06.2025 13:34:00
  • 1 daq o'qish

 

Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Devid Bekhem ritsar unvoniga sazovor bo‘ldi. Qirol Charlz III’ning rasmiy tug‘ilgan kuni munosabati bilan davlat mukofotlari ro‘yxatiga “Inter Mayami” klubi egasi ham kiritildi. 
Bunda 50 yoshli Bekhemning nafaqat futbolchi sifatidagi yutuqlari, balki uning xayriya faoliyati ham alohida ta’kidlangan. Endilikda u “ser” unvonini oladi, rafiqasi Viktoriya esa “ledi” deb atalishi mumkin.
Bekhem futbolchilik faoliyatini 2013-yilda yakunlagan. Faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “Real Madrid”, PSJ, “Milan” va “Los-Anjeles Gelaksi” klublarida to‘p surgan. Angliya, Ispaniya va Fransiya chempionliklarini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan.
Bekhemgacha Stenli Mettyuz, Bobbi Charlton, Aleks Fergyuson, Kenni Dalglish kabi futbol muxlislariga tanish shaxslar ham “ser” maqomini olgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News