
- 3
- 25.10.2023 17:12:00
- 1 daq o'qish
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. Toshkentdagi binolardan birida ichida odamlar bo‘lgan lift 9-qavatdan qulab tushgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 24 oktyabr kuni 253-uyning 2 yo‘lagida o‘rnatilgan “SIGLEN“ rusumli 2020 yilda ishlab chiqarilgan ko‘tarish qobiliyati 1000 kg bo‘lgan lift qurilmasidan ushbu uyda yashovchi fuqarolar foydalanish davrida liftga belgilangan tartibda texnik xizmat ko‘rsatilmagani sababli shaxta kabinasi eshiklari konaktlari bo‘shab qolgan hamda tashqaridan qo‘l yordamida ochilishi natijasida lift shaxta eshigi xavfsizlik moslamasi ishga tushgan, natijada lift darhol to‘xtab qolgan.
“O‘rganish davomida lift tushib ketmagani, aksincha tegishli xavfsizlik qurilmasi ishga tushib darhol to‘xtagani aniqlandi. Hozirda maxsus tashkilot tomonidan barcha kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Lift takroran sinovdan o‘tkazilmoqda. Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha jabrlanganlar mavjud emas“, - deyiladi xabarda.