Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar IIBBga qaytdi

Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar IIBBga qaytdi
  • 3
  • 29.08.2023 07:00:00
  • 1 daq o'qish

Polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

U 2022-yil fevral oyidan buyon Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Doniyor Toshxo‘jayev yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2019-yilning iyunidan 2020-yil yanvargacha Tergov departamenti boshlig‘i lavozimi ishlagan. Undan avval 2019-yil yanvaridan beri Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, avvalroq esa IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2020-yil yanvarda u Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi. Biroq 2022-yil fevral oyida Doniyor Toshxo‘jayev lavozimdan olingani maʼlum bo‘ldi. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News