🔐 Kiberxavfsizlik inqirozi: 16 milliard parol tarqaldi

🔐 Kiberxavfsizlik inqirozi: 16 milliard parol tarqaldi
  • 1
  • 20.06.2025 08:03:00
  • 1 daq o'qish

 

Tarixdagi eng yirik ma’lumotlar sizib chiqishi ro‘y berdi — 16 milliard login-parol internetga tarqaldi. “Cybernews” xabariga ko‘ra, zarar ko‘rganlar orasida Apple, Facebook, Google, Telegram, GitHub va boshqa xizmatlar foydalanuvchilari bor.

🔍 Ma’lumotlar infostiler zararli dasturlari orqali o‘g‘irlangan. Ba’zi bazalar 3,5 milliardgacha yozuvdan iborat bo‘lib, ularda URL, login, parol va boshqa maxfiy ma’lumotlar mavjud.

⚠️ Mutaxassislar bu holatni to‘liq kiberhujumlar qo‘llanmasi deb atamoqda. Akkauntlar buzilishi, fishing, shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi mumkin.

✅ Tavsiyalar:

* Har bir xizmat uchun noyob parol ishlating
* 2 bosqichli autentifikatsiyani yoqing
* Qurilmalaringizni infostilerga tekshiring
* Shubhali havolalarga kirmang.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News