- 7
- 27.01.2025 10:01:00
- 1 daq o'qish
😍Hayotingizda bir marta bo‘lsa ham tayyorlab, ta'tib ko‘rishingiz bo‘lgan Lebeniye sho‘rva retseptini taqdim etamiz.
🥩Masalliqlar:
1 piyola guruch;
1 stakan qaynatilgan no‘xat;
2 stakan qatiq;
1 ta tuxum sarig‘i;
2 osh qoshiq un;
1 katta sarimsoq;
200 gr qiyma go‘sht;
1 dona maydalangan piyoz;
1 choy qoshiq tuz;
2 osh qoshiq sariyog‘;
1 osh qoshiq quritilgan yalpiz;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni qiymadan dumaloqchalar qilib olishdan boshlaymiz.
Piyozni qirg‘ishdan chiqarib, qiymaga solamiz, tuxumni sarig‘ini ajratib soling, bu yaxshi yopishishga va qovurilganda ochilib ketmasligi yordam beradi.
Tuz solib yaxshilab aralashtirib dumaloq shakllarga keltirib muzlatgichga 20 daqiqaga solib qo‘yamiz.
Kattaroq qozonda no‘xat va guruchni ketma-ketlikda pishirib olamiz.
So‘ngra qatiqqa ikki osh qoshiq un va bir dona tuxum solib yaxshilab aralashtirib olamiz.
No‘xat va guruch pishgandan so‘ng ushbu qatiqli massani solib qaynatamiz.
Tovaga sariyog‘ solib qiymalarni qovurib olamiz.
Tuz va quritilgan yalpiz solish esdan chiqmasin.
Pishgandan so‘ng, yog‘lari bilan qozonga ag‘darib ikki daqiqa qaynatib olamiz.
Yoqimli ishtaha😋