
- 0
- 11.06.2025 12:32:00
- 1 daq o'qish
CNN xabariga ko‘ra, 10-iyun kuni Los Anjelesda bo‘layotgan tartibbuzarliklar tufayli shaharda komendantlik soati joriy qilindi. U shahar vaqti bilan kechki soat 20:00 dan ertalabki 6:00 gacha qilib belgilangan.
Muhojirlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshlangan zo‘ravonlik harakatlari va namoyishlar ortidan 378 nafarga yaqin inson hibsga olingan.
Komendantlik soati vaqtida faqatgina cheklangan guruhlar: huquq-tartibot vakillari, tibbiyot va favqulodda vaziyatlar xodimlari, shuningidek, vakolatli OAV xodimlariga shahar ichida harakatlanishga ruxsat berilgan.
AQSH prezidenti Donald Tramp polisiya vaziyatni nazorat qila olmagani, Milliy gvardiya xavf yo‘qolguncha Los-Anjelesda qolishini ma’lum qildi.
Avvalroq, O‘zbekiston AQSHdagi yurtdoshlarimizdan mamlakatning amaldagi qonun-qoidalariga qatʼiy amal qilishga, tinchlik va xavfsizlikni buzishi mumkin bo‘lgan har qanday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirgandi.