
- 5
- 04.11.2023 15:10:00
- 1 daq o'qish
Bugun hammaga birdek manzur bo‘ladigan “Tvorogli pirog” retsepti bilan sizlarni xursand qilmoqchimiz.
🍚Masalliqlar:
🥡Un;
🥚Tuxum;
🍚Tvorog;
🥣Shakar;
🧈Sariyog‘;
Vanillin;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni unga sariyog‘ solib, uqalab olishdan boshlaymiz.
Tuxumni oqi bilan sarig‘ini ajratib olamiz.
Un bilan sariyog‘ga tuxumning sarig‘ini va shakarni solib aralashtiramiz.
Boshqa idishga tvorog, tuxumning oqi va vanillin solib aralashtirib olamiz.
Patnisga un va sariyog‘li massamizni solamiz.
Ustidan tvorogli aralashmamizni solib, ustidan yana un va sariyog‘li massamizni solamiz.
180 gradusli duxovkaga 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha😋